Bizga EA Group xoldingidan esda qolarli yangi yil korporativini o‘tkazish bo‘yicha so‘rov tushdi.
Taklif qilingan konsepsiyalar orasida EA jamoasiga eng ko‘p “90-yillar uslubidagi kecha” yoqdi. Biz bir nechta autentik fotouzellar tayyorladik, DJ stoykasini va make up zonasini bezadik. Xodimlar tadbir atmosferasiga to‘liq sho‘ng‘ishi uchun kichik kiosk ham qurdik — u yerda hamma bolalikdagi shirinliklarni tatib ko‘rishi mumkin edi: Turbo saqichi, Chupa Chups va Yupi.
Yana do‘sting bilan haqiqiy o‘yin avtomatida Mortal Kombat o‘ynash va Kombinatsiya’dan tortib Spice Girls’gacha bo‘lgan hammaga tanish qo‘shiqlarni kuylash ham mumkin edi.
Qisqasi, 90-yillarga sho‘ng‘ish — DONE!