Biz mijozlarimiz bilan barqaror va uzoq muddatli hamkorlik qilishga intilamiz. Shuning uchun Amway bilan har bir yangi loyihadan doimo xursand bo‘lamiz — ularning jamoasi biz uchun allaqachon juda qadrdon bo‘lib ulgurgan.
Bu safar biz tabiat qo‘ynida klassik timbilding tashkil qildik: toza havo, mahorat darslari va boshlovchi bilan qiziqarli dastur. Yaxshi yoz kunida bundan ortig‘i kerakmi?