1.1. Mazkur Maxfiylik siyosatida quyidagi atamalardan foydalaniladi:
1.1.1. https://smart-events.uz/ sayti ma’muriyati (bundan buyon matnda — Sayt)” — “Smart Event” MChJ nomidan harakat qiluvchi, Saytni boshqarishga vakolatli xodimlar bo‘lib, ular shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni tashkil etadilar va/yoki amalga oshiradilar, shuningdek shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlarini, qayta ishlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlar tarkibini, shaxsiy ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar (operatsiyalar)ni belgilaydilar.
1.1.2. “Shaxsiy ma’lumotlar” — bevosita yoki bilvosita aniqlangan yoki aniqlanishi mumkin bo‘lgan jismoniy shaxsga (shaxsiy ma’lumotlar subyektiga) oid har qanday ma’lumot.
1.1.3. “Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash” — avtomatlashtirish vositalari yordamida yoki bunday vositalardan foydalanmasdan shaxsiy ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan har qanday harakat (operatsiya) yoki harakatlar (operatsiyalar) majmui, jumladan yig‘ish, yozib olish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), ajratib olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, kirish imkonini berish), shaxssizlantirish, bloklash, o‘chirish, yo‘q qilish.
1.1.4. “Shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi” — operator yoki shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish huquqini olgan boshqa shaxs tomonidan shaxsiy ma’lumotlar subyektining roziligisiz yoki boshqa qonuniy asoslarsiz ularni tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik majburiyati.
1.1.5. “Sayt foydalanuvchisi (bundan buyon matnda — Foydalanuvchi)” — Internet tarmog‘i orqali Saytga kirish imkoniga ega va Saytdan foydalanuvchi shaxs.
1.1.6. “IP-manzil” — IP protokoli asosida qurilgan kompyuter tarmog‘idagi tugunning noyob tarmoq manzili.