O‘zbekistonda yangi mahsulot taqdimoti
Toshkentda biz O‘zbekistonning turli shaharlaridan kelgan 150 nafar xodim uchun Marlboro’ning yangi ta’mlari taqdimotini tashkil etdik. Vazifamiz jamoani shunchaki yangiliklar bilan tanishtirish emas, balki ularning bozorga chiqishi munosabati bilan to‘laqonli tadbir yaratish edi.
Taqdimot uchun welcome-to‘plamlar, furshет va maxsus intro-video tayyorladik. Asosiy dastur spikerlarning taqdimotlari, yangi mahsulot bilan tanishuv va eng yaxshi xodimlarni taqdirlash marosimini birlashtirdi.
Rasmiy qismdan so‘ng mehmonlarni yanada erkin dastur kutib turdi: interaktiv zonalar, jamoaviy faoliyatlar va katta bayram torti.
Natijada taqdimot nafaqat yangi ta’mlar bilan tanishish, balki turli hududlardagi xodimlarni bir joyga jamlash va jamoaning yutuqlarini birgalikda nishonlash uchun ham ajoyib imkoniyat bo‘ldi.